Qozog‘iston O‘zbekistonga bug‘doy yetkazib berish bo‘yicha muzokara o‘tkazmoqda
Mamlakat 2022/2023 marketing yilida O‘zbekistonga 4,3 million tonna bug‘doy va un eksport qilgan.
Qozog‘istondan O‘zbekiston, Xitoy, Ozarboyjon, Eron va boshqa davlatlarga navsiz bug‘doy yetkazib berish bo‘yicha muzokaralar davom etmoqda. Bu haqda Qozog‘iston Qishloq xo‘jaligi vazirligi ma’lumotlariga tayanib Kazinform xabar berdi.
Qayd qilinishicha, Markaziy Osiyo davlatlari (O‘zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston) va Afg‘oniston an’anaviy ravishda Qozog‘istondan bug‘doy import qiluvchi davlatlar hisoblanadi. Shu bilan birga, Qozog‘iston 2022/2023 marketing yilida 10 million tonna rekord darajadagi bug‘doy va un eksport qilgan. Jumladan, Markaziy Osiyo mamlakatlariga – 5,8 million tonna (O‘zbekiston – 4,3 million tonna, Tojikiston – 1,1 million tonna, Turkmaniston – 0,4 million tonna), Afg‘onistonga – 2,6 million tonna, Xitoyga – 369 ming tonna, Ozarboyjonga - 277,1 ming tonna, Eronga - 171,7 ming tonna va boshqa mamlakatlarga 642 ming tonna.
O‘tgan yil yog‘ingarchilik kam bo‘lsa-da, 17 million tonna don (2022 yilda 22 million tonna), shu jumladan, 12,1 million tonna bug‘doy yig‘ib olingan. Ta’kidlanishicha, bu omillar joriy yilning eksport salohiyatiga ta’sir qilmaydi.
Shu bilan birga, 2024 yil 24 fevral holatiga marketing mavsumi boshidan (2023/24) don ekvivalentida bug‘doy va un eksporti hajmi o‘tgan yil darajasida saqlanib qolgan, eksport hajmi qariyb 6 mln tonnani tashkil etgan. Jumladan, Markaziy Osiyo mamlakatlariga – 3,6 mln tonna (O‘zbekiston – 2,4 mln tonna, Tojikiston – 0,8 mln tonna, Turkmaniston – 0,3 mln tonna), Afg‘onistonga – 1,2 mln tonna, Xitoyga – 481,1 ming tonna, Eronga – 34,9 ming tonna.
Mavzuga oid
12:47 / 22.11.2024
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obektlari xavfsizligini kuchaytirdi
15:45 / 21.11.2024
Ummon O‘zbekistondan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini import qilmoqchi
12:33 / 21.11.2024
Qozog‘iston holdingi O‘zbekistondan 169 nafar mutaxassisni ish bilan ta’minlaydi
12:10 / 20.11.2024