Respublikachi Nikki Heyli prezidentlik poygasidan chiqdi
U partiya ichidagi kurashda Donald Trampning yagona raqibi edi. Ammo Heyli tarafdorlarini sobiq prezidentga ovoz berishga undamadi.
AQSh Respublikachilar partiyasi vakili Nikki Heyli prezidentlik kampaniyasi yakunlanganini e’lon qildi. U partiya ichidagi kurashda Donald Trampning yagona raqibi edi. Ammo Heyli o‘zining qisqa nutqida tarafdorlarini sobiq prezidentga ovoz berishga undamadi.
Heyli o‘z nomzodini 2023 yil fevral oyida e’lon qilgan edi. U munozaralarda muvaffaqiyatli ishtirok etib, Donald Tramp nomzodiga muqobilini izlayotgan respublikachilarning e’tiborini tortdi.
Ron DeSantis dastlabki saylovlarda muvaffaqiyatsizlikka uchraganidan so‘ng, Heyli Trampning partiya ichidagi yagona raqibi bo‘lib qoldi. Sobiq prezident raqibini «tovuq miya» deb atadi. Bunga javoban Heyli Trampni Ukrainaga yordam va’da qilishni istamagani va Vladimir Putinni Aleksey Navalniyning o‘ldirilishida ayblamagani uchun tanqid qildi.
Heyli Vermont va Kolumbiya okrugidagi praymerizlarda g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘ldi. Hatto yuqori cho‘qqida reytingi 20 foizga yetdi.
5 mart «superseshanba» kuni Heyli 15 shtatdan 14 tasida mag‘lubiyatga uchradi, ammo umumiy g‘alaba uchun nazariy imkoniyatlarni yo‘qotmagan edi.
Heylining poygadan chiqishi sobiq prezident o‘z qarorgohi va Respublikachilar partiyasi apparati resurslarini birlashtira olishini anglatadi – bu unga Jo Baydenga qarshi kurashda yordam berishi mumkin. Shu bilan birga, exit-poll natijalariga ko‘ra, praymerizda Heylini qo‘llab-quvvatlagan saylovchilarning taxminan uchdan bir qismi noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan umumiy saylovlarda Trampni qo‘llab-quvvatlamoqchi emas.
Mavzuga oid
22:51 / 22.11.2024
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
21:25 / 22.11.2024
Rossiya ortidan AQSh ham yadro strategiyasini o‘zgartirdi
13:52 / 22.11.2024
AQSh O‘simliklar karantini agentligiga 205 ming dollarlik uskunalar topshirdi
21:00 / 21.11.2024