Toshkent viloyatida 1,1 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan korxona aniqlandi
Paxta tozalash korxonasida gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan tijorat maqsadida ulanib, davlat va jamiyat manfaatlariga 1,1 mlrd so‘m zarar yetkazilgan.
Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq tumanida 1,1 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan korxona aniqlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabariga ko‘ra, o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “R.T.” MChJga qarashli paxta tozalash korxonasi bosh energetigi A.Q. va boshqalar paxta tozalash korxonasida gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan tijorat maqsadida ulanib, davlat va jamiyat manfaatlariga 1,1 mlrd so‘m zarar yetkazganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
13:30
GFR iqtisodiyot vaziri: Germaniyada endi gaz taqchilligi yo‘q
11:16 / 12.09.2024
Yevroittifoq Rossiya gazidan butunlay voz kechishga tayyor
13:51 / 10.09.2024
Qariyb 700 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan novvoyxona aniqlandi
15:54 / 04.09.2024