O‘zbekiston | 08:45 / 06.03.2024
4301
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent viloyatida yerga oid eng ko‘p huquqbuzarlik holati Yangiyo‘lda aniqlandi 

Toshkent viloyatida bir yilda jami 4 mingga yaqin yerga oid huquqbuzarlik holatlari aniqlandi.

Foto: Kun.uz

Kadastr agentligining Toshkent viloyati boshqarmasi xabariga ko‘ra, idora tomonidan 2023 yil davomida olib borilgan nazorat tadbirlari davomida jami 3 949 ta yerga oid huquqbuzarlik holatlari aniqlangan. 

Eng ko‘p holatlar quyidagi hududlarda qayd etilgan:

  • Yangiyo‘l tumani — 251 ta;
  • Toshkent tumani — 248 ta;
  • Yuqori Chirchiq tumani — 241 ta;
  • Bo‘stonliq tumani — 210 ta.

Boshqarma fuqarolardan ruxsatsiz qurilish qilmaslikni, yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olmaslikni va egalik huquqi mavjud bo‘lganda o‘z vaqtida davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni so‘ragan.

Mavzuga oid