Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xalqaro islom savdo-moliya korporatsiyasi O‘zbekistonga 100 mln dollar ajratadi
Iqtisodiyot va moliya vazirligi Xalqaro islom savdo-moliya korporatsiyasi bilan iqtisodiy hamkorlikni chuqurlashtirish maqsadida 100 mln dollarlik «Murabaha» moliyalashtirish bitimini va agentlik kelishuvini imzoladi.
4 mart kuni Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Xalqaro islom savdo-moliya korporatsiyasi ITFC o‘rtasida iqtisodiy hamkorlikni chuqurlashtirish maqsadida 100 mln dollar miqdoridagi «Murabaha» moliyalashtirish bitimi va agentlik kelishuvi imzolandi.
Vazirlik xabariga ko‘ra, bitim Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi orqali mamlakatda oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlashga qaratilgan.
Mablag‘ 24 oygacha bo‘lgan muddatga qulay shartlarda ikki transhda ajratiladi. Ushbu mablag‘lar O‘zbekiston aholisining ehtiyojlarini qondirish, mamlakat agrar sektorining barqarorligi va rivojlanishini qo‘llab-quvvatlashga imkon beradi.

Xalqaro Islom savdo-moliya korporatsiyasi (ITFC) Islom taraqqiyot bankining asosiy instituti bo‘lib, uning vazifasi Islom hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar o‘rtasida iqtisodiy o‘sish va savdoni rivojlantirishni rag‘batlantirishdan iborat.
Mavzuga oid
13:25 / 20.08.2024
38 foiz tadbirkorlar islom moliyasi asosida resurs olish istagida - Prezident
23:01 / 20.05.2024
“Islom moliyasi to‘g‘risidagi qonun loyihasi tayyor” - Behzod Hamroyev
17:10 / 07.03.2024
“O‘zbekistonga islom moliyasini kengaytirish bo‘yicha ko‘mak ko‘rsatishda davom etamiz” - ITFC direktori
13:50 / 17.10.2023