Jahon | 09:02 / 09.03.2024
8343
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh qisman shatdaunning oldini olishga muvaffaq bo‘ldi

Kongress yuqori palatasi sentabrgacha hukumatning bir qismini moliyalashtirish bo‘yicha qonun loyihalari paketini qabul qilishga muvaffaq bo‘ldi. 

Foto: Reuters

AQSh Senati 8 mart, juma kuni mamlakatda shatdaunning oldini olishga imkon yaratuvchi qonun loyihalari to‘plamiga ovoz berdi. Uni 75 senator qo‘llab-quvvatladi, 22 nafari qarshi ovoz berdi. Endi uni mamlakat prezidenti Jo Bayden tasdiqlashi kerak

Qabul qilingan oltita qonun loyihasi 30 sentabrda moliyaviy yil oxirigacha federal hukumatning ayrim qismlarini moliyalashtiradi. Shu jumladan, pullar qishloq xo‘jaligi, energetika va atrof-muhitni muhofaza qilish, uy-joy qurilishi, transport, faxriylar va adliya sohalaridagi ishlarni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi. 

Palata chorshanba kuni paketni qabul qildi. Unda respublikachilar faol qarshilik ko‘rsatganiga qaramay, ko‘pchilik ovozni Demokratik partiya vakillari berdi. 

AQShda qisman shatdaun tahdidi hamon saqlanib qolmoqda 

Sentyabr oyi oxirigacha hukumatni to‘liq moliyalashtirish uchun Kongress 22 martgacha yana oltita xarajatlar qonunini qabul qilishi kerak. Biroq, mudofaa, davlat va milliy xavfsizlikni moliyalashtirishni o‘z ichiga olgan ikkinchi paket bo‘yicha ovoz berish yanada qiyin bo‘lishi kutilmoqda. 

Konnektikut shtati vakili, Vakillar palatasi qo‘mitasidagi eng asosiy demokrat Roza DeLauro Kongress qonun loyihalarining yangi paketini qabul qilish «yo‘lida» ekanligini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu hozir «rivojlanishning turli bosqichlarida». 

Mavzuga oid