Sayxunobod tumaniga yangi hokim tayinlandi
Anvar Karimov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etildi. “Mikrokreditbank” mintaqaviy filiali boshlig‘i Komil Mullajonov tumanga hokim etib tayinlandi.
Sirdaryo viloyatining Sayxunobod tumaniga yangi hokim tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar bermoqda.
Sayxunobod tumani hokimi Anvar Karimov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etildi. Bugunga qadar «Mikrokreditbank» Sirdaryo viloyati mintaqaviy filiali boshlig‘i sifatida faoliyat yuritib kelgan Komil Mullajonov tumanga hokim etib tayinlandi.
Komil Mullajonov 1990 yilda Sayxunobod tumanida tug‘ilgan. 2012 yil Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini, 2017 yil Bank-moliya akademiyasini tamomlagan.
U faoliyati davomida «O‘zsanoatqurilishbank» bosh mutaxassisi, bo‘limi boshlig‘i, bankning Sirdaryo mintaqaviy filiali boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.
Anvar Karimov 2019–2023 yillarda Sirdaryo viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari bo‘lgan, 2023 yil davomida avvaliga yarim yildan oshiq vaqt davomida iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari bo‘lib ishlagan, avgust oyida qishloq xo‘jaligi vaziriga o‘rinbosar etib tayinlangan, noyabr oyidan buyon Sayxunobod tumani hokimi edi.
Mavzuga oid
16:31 / 04.11.2024
O‘zbekistonning Indoneziyadagi yangi elchisi tayinlandi
15:44 / 01.11.2024
Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari qamoqqa olindi
18:28 / 30.10.2024
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziriga yangi birinchi o‘rinbosar tayinlandi
18:32 / 28.10.2024