O‘zbekiston | 17:46 / 11.03.2024
2775
1 daqiqa o‘qiladi

Uzbekistan Airways Londonga parvozlarni ko‘paytiradi

Uzbekistan Airways Toshkentdan Londonning Gatvik aeroportiga aviaqatnovni yo‘lga qo‘yib, Toshkent–London yo‘nalishidagi parvozlarni haftasiga uchtaga yetkazishini ma’lum qildi. Bunda, 7 apreldan boshlab Hitrou aeroportiga doimgidek haftasiga ikkita, Gatvik aeroportiga esa bitta reys amalga oshiriladi.

Foto: Kun.uz

Hitrou aeroportiga qatnovlar seshanba va juma kunlari, Gatvik aeroportiga yakshanba kunlari quyidagi jadvalga muvofiq amalga oshiriladi:

  • Toshkentdan jo‘nab ketish soat 10:55, Toshkent vaqti bilan;
  • Londonga yetib kelish soat 14:35, London vaqti bilan;
  • Londondan jo‘nab ketish soat 16:10, London vaqti bilan;
  • Toshkentga yetib kelish ertasi kuni soat 03:00, Toshkent vaqti bilan.

Avvalroq, 14 martdan boshlab Polshaning LOT Polish Airlines kompaniyasi Toshkentdan Varshavaga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘yishi xabar qilingandi. Parvozlar haftasiga uch marta amalga oshiriladi.

Дилшода Шомирзаева
Tayyorlagan Дилшода Шомирзаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid