Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
13 martdan “Tashabbusli budjet”ning 1-mavsumiga ovoz berish boshlanadi
"Tashabbusli budjet"ning 2024 yilgi 1-mavsumi uchun ovoz berish jarayoni 13 mart kuni soat 00:00 dan boshlanadi va 1 aprel kuni soat 23:59 gacha davom etadi. Loyihalar uchun 3,02 trln so‘m mablag‘ ajratilgan.
Ertaga, 13 martdan, “Tashabbusli budjet”ning 2024 yil 1-mavsumidagi loyihalarga ovoz berish boshlanadi.
Bu mavsumda respublika bo‘ylab jami 35 575 ta taklif kelib tushgan. G‘olib chiqqan tashabbuslarni moliyalashtirish uchun tuman (shahar) budjetlari hisobidan jami 3,02 trln so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltiriladi.
Joriy yildan boshlab “Tashabbusli budjet” jarayonlarida ovoz berish bosqichi bir fuqaro – bir ovoz tamoyili asosida amalga oshiriladi. Berilgan ovozlar egasining shaxsiga aniqlik kiritish va har bir fuqaro tomonidan berilgan ovozni aniqlash tizimi joriy etiladi. Bu o‘z navbatida bir nechta sim-kartasi bo‘lgan fuqarolarning bir necha marta ovoz berishiga chek qo‘yadi. G‘oliblarni aniqlashda ham haqqoniylikni ta’minlashga xizmat qiladi.
Mavzuga oid
20:37 / 08.04.2025
«Tashabbusli budjet»ning 2-mavsumida ba’zi mahallalarga tanaffus beriladi
08:52 / 04.04.2025
“Tashabbusli budjet”da 33 ta loyiha qo‘shimcha g‘olib deb topildi
19:04 / 25.03.2025
“Tashabbusli budjet”dan ham umidini uzayotgan mahalla: Shahrixondagi maktab qachon ta’mirlanadi?
16:22 / 25.03.2025