Fevral oyida avtomobil bozorida faollik sezilarli pasaydi
2024 yil fevral oyida O‘zbekistonda 115 mingdan ortiq barcha turdagi transport vositalarining savdosi qayd etildi. Bu – yanvar oyiga nisbatan 20,4 foizga, o‘tgan yilning fevraliga nisbatan esa 6,3 foizga kam. Ayni paytda, oxirgi bir yilda yengil avtomobillarning birlamchi bozori 8,4 foizga o‘sgan.
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi O‘zbekiston avtomobil bozori bo‘yicha fevral oyi tahlillarini ma’lum qildi.
Umumiy vaziyat
Fevral oyida O‘zbekistonda 115 mingdan ortiq barcha turdagi transport vositalarining savdosi qayd etildi. Bu – yanvarga nisbatan 20,4 foizga, o‘tgan yilning fevraliga nisbatan esa 6,3 foizga kam.
O‘tgan oyda 109,7 mingta yoki o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 5,6 foizga kam yengil avtomobil sotildi.
Birlamchi bozor
Yangi avtomobillar bozorida ham sotuvlar sezilarli kamayib, 26 mingdan sal ko‘proq avtomobilni tashkil etdi. Shu bilan birga, o‘tgan yilga nisbatan yengil avtomobillarning birlamchi avtomobil bozori 8,4 foizga o‘sdi.
Oy davomida O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan 23,5 mingta yengil avtomobil sotilgan, bu – o‘tgan yilning fevraliga nisbatan 7,7 foizga ko‘p.
Xorijda ishlab chiqarilgan yengil avtomobillar
Yil davomida xorijda ishlab chiqarilgan avtomobil bozori 15,6 foizga o‘sdi. Fevral oyi oxiriga kelib, xorijda ishlab chiqarilgan yangi yengil avtomobillar savdosi 2,7 mingtani tashkil etdi.
Elektromobillar
Yil boshida boshlangan elektromobillarga qiziqish biroz pasayganiga qaramay, oxirgi 1 yilda yangi elektromobillar savdosi 3 barobar oshdi.
Mavzuga oid
21:48 / 23.11.2024
Odamlar o‘limiga ko‘proq sabab bo‘layotgan eng xavfli avtomobillar sanaldi
13:07 / 18.11.2024
Piskent poligonidagi navbat elektron shaklga o‘tkazildi
12:06 / 16.11.2024
“Biz to‘g‘ridan to‘g‘ri zavod bilan ishlaymiz”: Toshkentda 16 kunlik firma odamlarni “halol lizing”ga mashina olib berishga ishontirmoqda
09:52 / 15.11.2024