Kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini sotayotgan dorixona aniqlandi
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Qo‘qon shahar bo‘limi tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi, deb xabar bermoqda SSV huzuridagi Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi.
Unda, «X.F.» MChJ dorixonasi boshqaruvchisi X.I. 100 dona kapsuladagi «Gabapentin» nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini fuqaro M.X. ga 600 ming so‘mga sotganligi aniqlangan.
Ushbu dorixonada o‘tkazish maqsadida saqlanib kelingan 50 dona «Gabapentin» hamda tarkibida psixotrop moddasi mavjud bo‘lgan 790 dona dori vositasi ashyoviy dalillar sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi xulosasiga ko‘ra, Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
16:40 / 04.10.2024
Qo‘qonda O‘zbekiston-Vengriya hududlararo forumi tashkil etiladi
14:00 / 04.10.2024
To‘rt hududda kuchli dori vositalari savdosi fosh etildi
13:30 / 17.09.2024
Urganchda 2,9 mlrd so‘mlik noqonuniy dori vositalari aniqlandi
23:02 / 13.09.2024