Navoiyda 4 oylik chaqalog‘ini sotishga uringan ayol qamaldi
Ayol 4 oylik chaqalog‘ini shartli xaridorga 10 million so‘mga sotayotgan vaqtida qo‘lga olingan.
Navoiy viloyatida 4 oylik farzandini sotishga uringan ayolga sud hukmi o‘qildi. Bu haqda «Yoshlar» telekanalida lavha berildi.
Qayd etilishicha, Samarqand viloyati, Paxtachi tumanida tug‘ilgan 27 yoshli ayol 2016 yilda shar’iy nikoh o‘qitib, turmush qurgan. 2021 yilda birinchi farzandi tug‘ilgan. To‘ng‘ich farzandi bir yoshga to‘lmasidan ayol ikkinchi bolasini dunyoga keltirgan. Ammo ota-ona uni boqishni istamay, o‘z xohishi bilan undan voz kechishga qaror qilib, Paxtachi tumani hokimligiga murojaat qilgan. Natijada chaqaloq vasiylik organi orqali farzandsiz oila qaramog‘iga topshirilgan.
Oradan ikki yil o‘tib, ayol uchinchi farzandiga homilador bo‘lgani bois er-xotin o‘rtasiga janjal chiqqan. Er tomonidan kaltaklangan ayol bir oylik homilasi bilan uydan chiqib ketgan. Navoiy shahridagi ijara uyda yashab kelgan ayol 2023 yil 7 iyulda qiz farzandini dunyoga keltirgan va unga xaridor izlay boshlagan. Noyabr oyida ayol 4 oylik chaqalog‘ini Karmana tuman tibbiyot birlashmasi hovlisida shartli xaridorga 10 million so‘mga sotayotgan vaqtida qo‘lga olingan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Uchquduq tuman sudida muqaddam sudlangan ayolga oid jinoyat ishi ko‘rib chiqilib, Jinoyat kodeksining 135-moddasida (odam savdosi) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topildi va 8 yilga ozodlikdan mahrum etildi.
Mavzuga oid
13:31
Buxoro va Navoiyda saksovullarni sindirganlarga 43 mln so‘m jarima belgilandi
14:11 / 11.11.2024
Navoiyda Nexia va Exeed to‘qnashishi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi
12:32 / 06.11.2024
Misr Navoiydagi mis konida burg‘ilash ishlarini boshladi
16:28 / 01.11.2024