Iqtisodiyot | 13:14 / 24.03.2024
14681
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston 52 ta davlatga to‘qimachilik mahsulotlarini eksport qildi

Yanvar va fevral oylarida yarim milliard dollarlik to‘qimachilik mahsulotlari eksport qilingan.

Foto: Kun.uz

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2024 yilning yanvar-fevral oylarida 519,4 mln dollarlik to‘qimachilik mahsulotlarini eksport qilgan.

Bu ko‘rsatkich umumiy eksportning 14,3 foiziini tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3 foizga oshgan.

Eksport qilingan to‘qimachilik mahsulotlari tarkibida tayyor to‘qimachilik mahsulotlari (37,4 foiz), kalava-ip (47,7 foiz) asosiy ulushni egallagan.

2024 yilning yanvar-fevral oylarida 496 turdagi to‘qimachilik mahsulotlari dunyoning 52 ta davlatiga eksport qilingan.

To‘qimachilik mahsulotlari tarkibida:

  • Kalava-ip – 247,8 mln;
  • Tayyor to‘qimachilik mahsulotlari – 194,4 mln;
  • Trikotaj matolar – 42,8 mln;
  • Gazlamalar – 26,8 mln;
  • Paypoq mahsulotlari – 7,7 mln dollarga eksport qilingan.

Mavzuga oid