Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Axborot texnologiyalariga qiziquvchi faol qizlar BAAga yuboriladi
Axborot texnologiyalariga qiziquvchi faol qizlar Birlashgan Arab Amirliklariga ta’lim sayohatiga yuboriladi.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan o‘quvchilarni IT sohasiga qiziqtirish hamda shu yo‘nalishdagi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida «Raqamli avlod qizlari-2024» respublika tanlovi bo‘lib o‘tmoqda.
Tadbir joriy yilning 29 martiga qadar davom etadi, unda oflayn tarzda 200 nafarga, onlayn shaklda esa 3000 nafarga yaqin qizlar qamrab olindi.
Bu yilgi tadbirda:
- Digital Art,
- 3D Modelling,
- sun’iy intellekt,
- startap loyihalar,
- grafik dizayn kabi yo‘nalishlarda gibrid darslar o‘tkazilmoqda.
Shuningdek, bu yil ilk bora loyiha doirasida «Liderlar maktabi» yo‘nalishi qo‘shilgan bo‘lib, unda mustaqil loyihalar ustida ishlash hamda IT sohasida xalqaro grantlar yutish haqida ma’lumot berilmoqda.

Respublika tanlovi mashg‘ulotlarida eng faol qatnashgan qizlar BAAga ta’lim sayohatini qo‘lga kiritishi mumkin.
Mavzuga oid
22:27 / 19.05.2025
Rossiya BAAga salkam 400 kg chuvalchang jo‘natdi
18:41 / 16.05.2025
Suriya Rossiyani Tartus portidan chiqarib yubordi va uni BAAga topshirdi
11:02 / 16.05.2025
Trampning BAAga tashrifi: 1,4 trillionlik va’da va AQSh tashqarisidagi eng yirik AI markazi
03:00 / 08.05.2025