Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Senegaldagi saylovlar: Bassiru Diomayye Fay Afrikaning eng yosh prezidenti bo‘ladi
Senegaldagi saylovlarda muxolifat nomzodi 53 foizdan ko‘proq ovoz to‘pladi. Mamlakatning amaldagi prezidenti Maki Sal va hukmron koalitsiya vakili Amadu Ba Diomayye Fayni prezidentlik saylovlarining birinchi bosqichidagi g‘alabasi bilan tabrikladi.
Senegalda bir kun avval bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarida muxolifat nomzodi Bassiru Diomayye Fay 53,7 foiz ovoz oldi. Bundan Senegal milliy avtonom saylov komissiyasi ma’lumotlari darak bermoqda.
Diomayye Fayning asosiy raqobatchisi, hukmron koalitsiya vakili Amadu Ba 36,2 foiz ovoz oldi.
Ta’kidlanishicha, bu dastlabki ma’lumotlar bo‘lib, saylov uchastkalarining 90 foizida byulletenlarni sanab chiqishdan so‘ng olingan. Saylovning rasmiy natijalari hali e’lon qilinmadi.
Ayni paytda, Senegalning amaldagi prezidenti Maki Sal va hukmron koalitsiya vakili Amadu Ba Diomayye Fayni prezidentlik saylovlarining birinchi bosqichidagi g‘alabasi bilan tabrikladi.
Bassiru Diomayye Fay 44 yoshda. U Senegal prezidenti etib saylangani yakuniy tarzda tasdiqlansa, Afrikaning eng yosh prezidentiga aylanadi.
Mavzuga oid
07:27 / 05.08.2024
Senegal Malidagi isyonchilar qo‘llab-quvvatlangani uchun Ukraina elchisini chaqirtirdi
14:11 / 06.02.2024
Senegalda prezidentlik saylovlari kechiktirildi. Muxolifat buni «konstitutsiyaviy to‘ntarish» deb atamoqda
16:50 / 23.11.2023
«Bu FIFA reglamentiga zid». Senegal Fransiya U17 jamoasini JCh-2023dan diskvalifikatsiya qilishni talab qildi
09:59 / 09.01.2023