O‘zbekiston | 17:00 / 26.03.2024
7458
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent amaliy fanlar universitetida yangi bo‘lim ochildi

Toshkent amaliy fanlar universitetida Tadqiqot va ilmiy salohiyatni rivojlantirish bo‘limi o‘z faoliyatini boshladi.

Foto: Toshkent amaliy fanlar universiteti

Yangi ishga tushirilgan Tadqiqot va ilmiy salohiyatni rivojlantirish bo‘limi universitet doirasida ilmiy-tadqiqot faoliyatini jadallashtirish va universitetning global akademik o‘rnini oshirish uchun mo‘ljallangan.

Ushbu tashabbusga taniqli ikki olim — o‘zbekistonlik tadqiqotchi, TAFU rektori maslahatchisi Raufxon Salaxodjayev va dunyodagi ilg‘or akademik tadqiqotchilardan biri doktor Asongu Simplic boshchilik qilishmoqda.

Mavzuga oid