O‘zbekiston | 18:55 / 27.03.2024
31050
6 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Kia O‘zbekiston bozoriga Sonet ixcham shahar krossoverini chiqarmoqda

2024 yilning 27 mart sanasida ADM Global kompaniyalar guruhi Kia Sonet’ning pilot ishlab chiqarilishi muvaffaqiyatli yakunlaganini va Sonet avtomobillarining ilk partiyasining ishlab chiqarilishi boshlaganini e’lon qildi. Ushbu krossover O‘zbekiston hududida, Jizzaxda payvandlash va kuzovni bo‘yalishini nazarda tutuvchi to‘liq texnologik sikl (CKD) bo‘yicha ishlab chiqarilgan Kia’ning ilk modeliga aylanadi. Ayni vaqtda ADM zavodining eng zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan va yiliga 100 000 tagacha Sonet avtomobillarini ishlab chiqarishga qodir bo‘lgan yangi ishlab chiqarish liniyasida ishga tushirish-sozlash ishlari yakunlanmoqda. Loyiha doirasida bir necha o‘nlab turli komponentlar, uzellar ishlab chiqarilishi va ishlab chiqarish operatsiyalari mahalliylashtiriladi.

 

"To‘liq ishlab chiqarish siklida ishlovchi zavodning ochilishi – bu nafaqat mahalliy avtomobilsozlik sanoatining rivojlanishidagi muhim qadamdir, balki ilgari O‘zbekistonda sira amalga oshirilmagan loyihadir. Zavodning qurilishi ADM Global’ning - innovatsion rivojlanishni davom ettirish va barcha jahon standartlariga javob beradigan yuqori sifatli va zamonaviy avtomobillarni ishlab chiqarish, mijozlar uchun servisni takomillashtirish va o‘z mahoratimizni doimiy ravishda oshirib borish strategiyasini aks ettiradi” – deb o‘z nutqida ta’kidladi Bosh direktor Daniyar Davletiyarov.

Kia Sonet ixcham zamonaviy shahar krossoveri yosh avlod uchun yaratilgan. Hatto modelning nomi ham bu holatda o‘zini ifodalamoqda: Sonet – bu yoshlarga yaxshi tanish bo‘lgan ikkita SOcial NETwork so‘zlarining kombinatsiyasidir. Kelajakning yosh, izzattalab yetakchilariga qaratilgan ushbu so‘nggi urfdagi shahar muhiti uchun mos krossover zamonaviy dizayn, qulaylik va shinamlikni, ilg‘or yuqori texnologiyali yechimlarni taklif etadi. Bularning barchasi uni tobora ommalashib borayotgan – "smart krossoverlar" toifasiga kiritishga imkon beradi.

Kichik o‘lchamlariga qaramay, Kia Sonet krossoverlari va yo‘ltanlamaslariga xos bo‘lgan barcha "oilaviy" xususiyatlarga ega bo‘ldi. Juda taniqli bo‘lgan "Yo‘lbars tabassumi" radiator panjarasi dizaynining korporativ uslubi, komplektatsiyasidan qat’i nazar, avtomobilga o‘rnatiladigan yorug‘likdiodli optikasi, Kia’ning eng yangi va tezda mijozlarimizga manzur bo‘lgan uslublardan biri "yurak urishi" (Heart beat) uslubida yaratilgan. Dizaynerlar Sonet’ni "qalbi yosh bo‘lganlar uchun mos avtomobil" konsepsiyasiga tayanib yaratganlar. So‘nggi urfdagi va sportcha tashqi ko‘rinishi e’tiborni o‘ziga jalb etadi, krossoverlarga xos bo‘lgan "yo‘ltanlamas" tashqi bezak elementlari esa Sonet’ga yanada dadil va qat’iyatli ko‘rinish baxsh etadi. Ushbu segment uchun katta bo‘lgan 205 mm ga teng yer sathidan balandlik, shahar krossoveri uchrashi mumkin bo‘lgan deyarli har qanday vaziyatda o‘zingizni ishonchli his qilishingizga imkon beradi.

Kia Sonet’ning intererida ko‘plab o‘ta jozibali yechimlar ko‘zda tutilgan. Shaharda istiqomat qiluvchi zamonaviy insonga so‘nggi "integratsiyalashgan" uslubda yaratilgan qurilmalar paneli va multimedia tizimi ekranining kombinatsiyasini, rang tanlash imkoniyatiga ega salonning "atmosferali" yoritilishini, mobil qurilmalarning simsiz zaryadlash paneli, ham old, ham orqa qatorlar uchun USB portlarining mavjudligini ma’qul bo‘lishi aniq. Sonet’da premium toifali Bose audio tizimi mavjud, bu esa ixcham krossoverlar segmentida kam uchraydigan holdir. Odatda yuqori segmentdagi avtomobillarga xos bo‘lgan yana bir opsiya – bu old o‘rindiqlar ventilyatsiyasi tizimidir.

Sonet 1,5 MPI to‘rt silindrli taqsimlangan yonilg‘i purkaliishiga ega bo‘lgan atmosferali dvigatel 115 ot kuchiga teng maksimal quvvatga ega va olti pog‘onali mexanik yoki variatorli transmissiya bilan birga ishlaydi. Haydovchi " Drive Mode Select" harakatlanish rejimini tanlash tizimidan foydalangan holda avtomobilning "xarakterini" o‘z xohishiga ko‘ra sozlash imkoniyatiga ega. Transmissiya selektorining charm qoplamasi esa undan foydalanishni yanada yoqimli qilib, intererni ko‘rkamlashtiradi.

Kia avtomobillarining an’anaviy ishonchliligi ishlab chiqaruvchiga – 5 yil yoki 150 000 kilometr yurish uchun zavod kafolati jozibali shartlarini belgilash imkonini yaratadi. Bu shartlar Jizzaxdagi zavodda ishlab chiqarilgan ixcham Sonet krossoveriga ham taalluqlidir.

Kia Sonet uchun narxlar 200 million so‘mdan boshlanadi. Aniq komplektatsiyalar va narxlar aprel oyida e’lon qilinadi.

 

Telefon: +998 (55) 500-83-33

Sayt | Instagram | Telegram | Telegram-bot

 

Mavzuga oid