Iqtisodiyot | 15:35 / 27.03.2024
9904
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda necha turdagi qurilish materiallari ishlab chiqarilayotgani aytildi

Respublikada 185 turdagi qurilish materiallari ishlab chiqarilmoqda. Bu haqda "O‘zsanoatqurilishmateriallari" uyushmasi axborot xizmati rahbari Jamshid Shermetov ma’lum qildi.

2024 yil yanvar-fevral oylarida 1,7 mln tonna - sement, 3,8 mln kv metr – qurilish oynasi, 4,1 mln kv metr – keramik plitka, 8,2 mln kv. metr – gipsokarton, 452 ming o‘ram – oboy kabilar ishlab chiqarildi.

O‘tgan hisobot davrida yangi turdagi, energiya tejamkor qurilish materiallaridan 86 ming metr kub gazobeton, 504 ming kv metr linoleum, 6,7 ming tonna issiqlik saqlovchi plitalar ishlab chiqarildi.

2023 yilda dastlabki made in Uzbekistan savdo uyi Ozarboyjon davlati poytaxti Boku shahrida ochildi. Joriy yilda esa Qozog‘iston, Turkmaniston va Tojikiston davlatlarida ham ana shunday savdo maskanlarini barpo etish rejalashtirilgan.

Mavzuga oid