Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonning yangi elchisi Hindiston prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi
O‘zbekistonning yangi tayinlangan elchisi Sardor Rustamboyev Dehlidagi "Rashtrapati Bhavan" saroyida Hindiston prezidenti Draupadi Murmuga ishonch yorliqlarini topshirdi.
"Dunyo" xabariga ko‘ra, rasmiy marosimdan so‘ng bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasidagi ko‘p tomonlama hamkorlikning bugungi holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Oliy va yuqori darajalardagi muntazam uchrashuvlar va muloqotlar ikki davlatning ko‘p qirrali va o‘zaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlashdagi kuchli siyosiy irodasi va qat’iyatini tasdiqlayotgani, strategik sheriklikni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish imkoniyatini taqdim etayotgani ta’kidlandi.
Siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlikni faollashtirish uchun ulkan salohiyat va o‘zaro intilish mavjudligi qayd etildi.
Ikki tomonlama hamkorlikning zamonaviy holati yuqori baholanib, barcha sohalarda o‘zaro manfaatli aloqalar yanada rivojlanishiga ishonch bildirildi.
O‘zbekistonning yangi elchisi Sardor Rustamboyev 2024 yil 25 yanvar kuni Dehliga yetib kelgan edi. Bungacha u mamlakatning Fransiyadagi diplomatik vakolatxonasiga rahbarlik qilgan.
Mavzuga oid
20:40 / 27.05.2025
Hindiston xususiy firmalarga zamonaviy qiruvchi samolyotlarini yig‘ishga ruxsat berdi
11:37 / 26.05.2025
Dehlida O‘zbekiston-Hindiston ta’lim forumi o‘tkazildi
21:17 / 24.05.2025
“Mudofaamizga yana tahdid yuzaga kelsa, jim o‘tirmaymiz” – Pokiston elchisi bilan suhbat
21:17 / 23.05.2025