O‘zbekiston | 10:50 / 28.03.2024
3273
1 daqiqa o‘qiladi
Qurilish korxonalari yanvar-fevral oylarida qancha soliq to‘lagani aytildi
Qurilish korxonalari 2 oyda 1,5 trln so‘mdan ortiq soliq to‘lagan.
2024 yil yanvar-fevral oylarida qurilish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi 33 718 ta yuridik shaxs tomonidan 1,5 trln so‘mdan ortiq soliq to‘langan.
Soliq qo‘mitasi xabariga ko‘ra, shundan 194,6 mlrd so‘mi, ya’ni 12,5 foizi 20 ta korxona hisobiga to‘g‘ri keladi. Ularning jami tovar aylanmasi qariyb 1,6 trln so‘m, qo‘llagan soliq imtiyozlari miqdori esa 8,1 mlrd so‘m.
Ushbu soliq to‘lovchilar tomonidan ta’minlangan tushumlar soliq turlari kesimida:
- QQS - 98,3 mlrd so‘m;
- foyda solig‘i - 34,8 mlrd so‘m;
- JShODS - 27,2 mlrd so‘m;
- ijtimoiy soliq - 19,4 mlrd so‘m;
- yer solig‘i - 2,2 mlrd so‘m;
- mol-mulk solig‘i - 2 mlrd so‘m;
- boshqa soliqlar - 10,7 mlrd so‘m.
Mavzuga oid
22:30 / 27.09.2024
“Uy-joy bozori haliyam yovvoyi holatda” – ekspertlar bilan katta suhbat
21:29 / 27.09.2024
Chilonzorda “dom” qurmoqchi bo‘lgan firma mansabdorlari tergovga tortildi
21:53 / 26.09.2024
Eng ko‘p soliq va bojxona imtiyozini olgan korxonalar ma’lum qilindi
18:54 / 23.09.2024