Fan-texnika | 19:13 / 30.03.2024
39442
2 daqiqa o‘qiladi

«Dunyoning eng yaxshi avtomobili» tanlovi g‘oliblari aniqlandi

Janubiy Koreyada ishlab chiqarilgan avtomobil bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.

Kia EV9 (Kia) Foto: worldcarawards.com

Qo‘shma Shtatlarda World Car Awards 2024 tanlovi yakunlari sarhisob qilindi. Bu yil finalchilar orasida xitoylik modellar ham bor edi, biroq ular g‘olib bo‘la olmadi.

Bosh sovrinni koreyaning Kia EV9 flagmani qo‘lga kiritdi. U Shvetsiyaning Volvo EX30 va Xitoyning BYD Seal avtomobili bilan kurashdi. Xitoy elektromobili bu nom uchun birinchi marta raqobatlashdi. Kia EV9 yana bir mukofotni ham qo‘lga kiritdi: u eng yaxshi elektromobil deb topildi.

Volvo EX30 (Volvo)
Foto: worldcarawards.com

Volvo EX30 krossoveri ham mukofotsiz qolmadi. U eng yaxshi shahar avtomobili deb topildi. Xitoydan yana bir model bu nomga da’vo qildi: BYD Dolphin elektr hetchbeki.

Toyota Prius (Toyota)
Foto: worldcarawards.com

Toyota Prius eng yaxshi dizayn uchun sovrinni qo‘lga kiritdi. Hyundai Ioniq 5N eng yaxshi sport avtomobili deb topildi. BMW 5-series/i5 eng yaxshi hashamatli avtomobil sovriniga ega bo‘ldi. U Mercedes E-Class va EQE avtomobillaridan o‘zib ketdi.

BMW 5-series/i5 (BMW)
Foto: worldcarawards.com

Nufuzli mukofot 2003 yilda ta’sis etilgan. Hakamlar hay’ati tarkibiga 29 davlatdan 100 dan ortiq ixtisoslashgan jurnalistlar kiradi. Ular har yili tez o‘zgarib borayotgan avtomobil sanoatidagi ajoyib yutuqlarni baholashadi. Ularning tanlovi allaqachon sifat belgisi hisoblanadi.

Mavzuga oid