Jamiyat | 16:27 / 30.03.2024
10540
1 daqiqa o‘qiladi

Xorazmda yuk mashinasi bilan to‘qnashgan Cobalt haydovchisi halok bo‘ldi

Hodisaga Cobalt haydovchisining mashina boshqaruvi paytida uxlab qolgani sabab bo‘lgan.

Foto: Videodan kadr

Xorazm viloyatida Isuzu yuk mashinasi bilan to‘qnashgan Cobalt haydovchisi halok bo‘lgan. IIV YHXBB axborot xizmatining xabar berishicha, hodisa 2024 yil 28 mart kuni yuz bergan.

25 yoshli haydovchi Cobalt bilan Buxoro-Nukus yo‘nalishida harakatlanayotib, Tuproqqal’a tumani hududidan o‘tgan yo‘lda boshqaruv paytida uxlab qolgan. So‘ng o‘zidan oldinda harakatlanib ketayotgan Isuzu yuk mashinasining orqa qismiga urilgan.

Oqibatda Cobalt haydovchisi og‘ir tan jarohatlari olgan va hodisa joyida halok bo‘lgan.

Mashina salonida bo‘lgan 31 va 22 yoshli fuqarolar tan jarohatlari olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Hodisa yuzasidan Tuproqqal’a IIB tomonidan tergovoldi tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid