Huquqbuzarlikni sodir etgan shaxslarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 79-moddasi 1-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, tabiatga yetkazilgan zarar uchun 146 million 200 ming so‘m hamda 25 million 500 ming so‘m jarima undirish belgilandi.
Jamiyat | 13:25 / 31.03.2024
14232
2 daqiqa o‘qiladi
Buxoroda 22 tup daraxt kesgan shaxslar jarimaga tortildi
Buxoro viloyatining Qorako‘l tumanida 22 tup manzarali daraxtni kesgan uch kishi 171 million so‘mdan ortiq jarimaga tortildi.
Viloyat Ekologiya atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasining ma’lum qilishicha, tumandagi “Xo‘jalar” MFY hududida daraxtlarning kesilishi bilan bog‘liq videomurojaat ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgach, viloyat prokuraturasi hamda Qorako‘l tuman IIB bo‘limi bilan hamkorlikda o‘rganish ishlari olib borilgan.
Olib borilgan o‘rganish ishlari davomida 3 nafar fuqaro tomonidan har xil o‘lchamdagi 22 tup manzarali daraxtni kesib tashlagani aniqlangan.
Mavzuga oid
11:34 / 08.10.2024
Buxoroda ikki ishchi tok urishi oqibatida halok bo‘ldi
22:24 / 02.10.2024
Qorako‘lda mashina urib ketishi oqibatida maktab o‘quvchisi halok bo‘ldi
17:13 / 12.08.2024
Muqobil energiya manbalaridan foydalanishni rag‘batlantirish bo‘yicha topshiriqlar berildi
16:34 / 21.07.2024