O‘zbekiston | 13:40 / 02.04.2024
13232
1 daqiqa o‘qiladi

Axsikentda Qoraxoniylar davriga mansub turar joy inshootlari topildi

Namangan viloyatidagi Axsikentda Qoraxoniylar davriga mansub turar joy inshootlari topildi. 

Foto: Namangan viloyati hokimligi matbuot xizmati

Viloyat hokimligi xabariga ko‘ra, inshootlar o‘ziga xos qurilish uslubiga ega bo‘lib, asosan sinchli uylar xom va pishiq g‘ishtlar bilan qurilgan.

Aholi turar joylarida oshxona, yuvinish xonasi, isitish sandallari, supalari va maxsus xo‘jalik o‘ralari mavjud bo‘lgan. Aholi zich yashagani uchun shaharda ikki qavatli uylar qurilgan. Uylarning yerto‘la qismi asosan pishiq g‘ishtdan qurilgan va oziq ovqat omborlari vazifasini o‘tagan. 

Shuningdek, alohida yerosti inshootlari ham qurilgan. Aholi turar joylari qoldiqlaridan devoriy surat namunalari va o‘yma ganchli naqshlar ham topilgan. 11-12 asrlarda Axsikent aholi turar joylari devoriy suratlar bilan bezatilgan.

Topilgan o‘nga yaqin sirli sopol idishlarda yozuvlar borligi aniqlangan.

Mavzuga oid