Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
NASA Oyda yagona vaqt standartini yaratadi
LTC Oy kosmik kemalari va sun’iy yo‘ldoshlari uchun vaqtni o‘lchash standartiga aylanadi.
AQSh hukumati Milliy aeronavtika va koinot tadqiqotlari boshqarmasiga (NASA) Oy va boshqa osmon jismlarida 2026 yil oxirigacha yagona vaqt standartini yaratishni buyurdi. Bu haqda Reuters xabar berdi.
NASA kosmik aloqa va navigatsiya ma’muri Kevin Koggins so‘zlariga ko‘ra, Oy va boshqa samoviy jismlardagi turli tortishish kuchi va ehtimol boshqa omillar vaqtni Yerdagidan boshqacharoq tarzda xis qilinishiga olib keladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, LTC Oy kosmik kemalari va sun’iy yo‘ldoshlari uchun vaqtni o‘lchash standartiga aylanadi, ularga o‘z vazifalarini bajarish uchun o‘ta aniqlik kerak.
«Yerda ishlaydigan soat Oyda boshqacharoq tezlikda ishlaydi», dedi Koggins.
OSTP rahbari Arati Prabxakar eslatmasida aytilishicha, Oydagi odam uchun Yer soatlari kuniga o‘rtacha 58,7 mikrosekundga orqada qoladi va bunda Oy vaqtini Yer vaqtidan yanada farqlovchi boshqa og‘ishlar ham bor.
«Artemis» dasturi orqali kosmik agentlik yaqin yillarda Oyga astronavt missiyalarini jo‘natish va Marsga bo‘lajak missiyalar uchun yo‘l ochishga yordam beradigan ilmiy oy bazasini yaratishni maqsad qilgan. Bu harakatda o‘nlab kompaniyalar, kosmik kemalar va davlatlar ishtirok etmoqda.
OSTP vakilining ta’kidlashicha, Oy vaqtining umumiy standartisiz kosmik kemalar va Yer, Oy sun’iy yo‘ldoshlari, bazalar va kosmonavtlar o‘rtasidagi sinxronlashtirilgan aloqa o‘rtasida xavfsiz ma’lumotlarni uzatishni ta’minlash qiyin bo‘ladi. Vaqt tafovutlari Oyda yoki uning orbitasida xaritalash va pozitsiyalarni aniqlashda xatolarga olib kelishi mumkin.
«Tasavvur qiling-a, agar dunyoda soatlar sinxronlashtirilmasa - bu qanchalik noqulay bo‘lishi va kundalik ishlarga xalaqit berishi mumkin», dedi rasmiy.
Mavzuga oid
17:14 / 17.05.2025
NASA afsonaviy Voyager zondini 25 milliard kilometr masofadan ta’mirlashga muvaffaq bo‘ldi
01:03 / 08.05.2025
NASA 2026 yilda Marsga raketa uchirishi mumkin
23:59 / 03.05.2025
AQSh Xalqaro kosmik stansiyani moliyalashtirishni qisqartiradi
23:01 / 22.04.2025