Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mudofaa vazirligi ilk bor mudofaa sanoati ko‘rgazmasini o‘tkazadi
Mudofaa vazirligi birinchi marta O‘zbekiston mudofaa sanoatining «Texnofest-2024» ko‘rgazmasini o‘tkazadi, unda ikki maqsadga mo‘ljallangan (harbiy va fuqarolik) mahsulotlar namoyish etiladi.
O‘zbekiston Mudofaa vazirligi ilk bor «Texnofest-2024» mudofaa sanoati ko‘rgazmasini o‘tkazadi. Tadbir 2, 3 va 4 may kunlari Toshkentdagi G‘alaba bog‘i majmuasida bo‘lib o‘tadi.
Ko‘rgazmada zamonaviy texnologiyalar, metallurgiya va kimyo sanoati hamda tekstil sohasida ikki maqsadga mo‘ljallangan (harbiy va fuqarolik) ishlab chiqaruvchi zavod, korxona va tashkilotlar o‘zlarining mahsulotlari bilan ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.
Taqdimotda tanlab olingan eng yaxshi mahsulot korxonasi istiqbolda Mudofaa sanoati agentligi bilan hamkorlik qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Shuningdek, «Texnofest-2024» doirasida ishtirokchilar o‘rtasida robototexnika, modellashtirish texnologiyalari kabi musobaqa va tanlovlar o‘tkaziladi. G‘oliblar Mudofaa vazirligi hamda hamkor tashkilotlar tomonidan taqdirlanadi.
Mavzuga oid
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
15:00 / 20.05.2025
YeI davlatlari yangi mudofaa jamg‘armasi bo‘yicha kelishib oldi
14:34 / 20.05.2025
YeI va Britaniya mudofaa va savdo hamkorligini tiklaydi
18:33 / 19.05.2025