Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
17 ta turdagi xulosalar DXM va YaIDXP orqali beriladi
Vazirlar Mahkamasining “Xulosa berish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan Jismoniy va yuridik shaxslarga xulosalar berish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning yagona ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.
Shuningdek, 17 ta turdagi xulosalarni berish bo‘yicha pasportlar tasdiqlanmoqda, ular qatorida quyidagilar bor:
- magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlarini qurish, ulardan foydalanish hamda ularni ta’mirlashda sanoat xavfsizligi talablariga muvofiqligi to‘g‘risida;
- bino (inshoot) va xonalarning yong‘in xavfsizligi talablariga muvofiqligi to‘g‘risida;
- dori vositalari va biologik faol qo‘shimchalarni teleradiokanallar orqali reklama qilish bo‘yicha va boshqalar.
2024 yil 1 maydan xulosalar davlat xizmatlari markazlari va YaIDXP orqali beriladi.
Taqdim etilgan xulosalar ro‘yxati “Lisenziya” axborot tizimida yuritiladi.
Mavzuga oid
16:16 / 15.02.2025
Avtomobilga gaz uskunasini o‘rnatish uchun ruxsatnomani endi onlayn olish mumkin
18:35 / 18.07.2024
1 avgustdan avtomobil davlat raqamlarini berish tartibi o‘zgaradi
11:16 / 11.07.2024
Bolalarni bog‘chaga joylashtirish soddalashtirildi
11:40 / 02.07.2024