Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avstriya kompaniyasi Sangardakda kanat quradi
Kanat yo‘lining uzunligi 1200 metrni, qiymati 20 mln yevroni tashkil etadi. Loyihani «Doppelmayr» kompaniyasi amalga oshiradi.
Avstriyaning «Doppelmayr» kompaniyasi Surxondaryo viloyatida 20 mln yevroga osma kanat qurishni rejalashtiryapti. Bu haqda UzA xabar berdi.
Surxondaryo viloyati hokimining Vengriyaga tashrifi chog‘ida «Denov Oltin Don» kompaniyasi va «Doppelmayr» kompaniyasi o‘rtasida Sangardak qishlog‘ida havodan o‘tuvchi kanat qurish loyihasini amalga oshirish bo‘yicha shartnoma imzolangan.
Loyiha doirasida daraning tepasidan tog‘ va so‘lim qishloqni tomosha qilish uchun maxsus maydon, tomosha maydoniga chiqish uchun yo‘lak va zinalar, kirish qismiga stella va yengil konstruksiyali uylar quriladi. Shuningdek, restoran, ot va tuyada sayr qilish, mini sport maydonchalari, oilaviy piknik va maxsus selfi zonalari, o‘yin va raqs maydonchalari ham barpo etilishi rejalashtirilgan.
Kanat yo‘lining uzunligi 1200 metrni tashkil etadi.
Mavzuga oid
20:24 / 19.01.2025
Ispaniyada osma dor yo‘li uzilib ketdi. Jabrlanganlar bor
17:27 / 25.01.2024
Toshkentda kanatli jamoat transporti paydo bo‘lishi mumkin
10:40 / 23.08.2023
Pokistonda o‘quvchilar kanat yo‘lda qolib ketdi. Ular maktabga ketayotgandi
19:31 / 16.01.2022