Jahon | 18:22 / 13.04.2024
11391
1 daqiqa o‘qiladi

Sidneyda erkak pichoq bilan odamlarga hujum qildi, qurbonlar bor

Avstraliya politsiyasi hujum oqibatida 5 kishi halok bo‘lganini ma’lum qildi.

Foto: David GRAY / AFP

Avstraliyaning Sidney shahrida pichoq bilan qurollangan erkak savdo markazida odamlarga hujum qildi.

Hodisa Bondi Jankshen hududidagi Westfield savdo markazida sodir bo‘lgan. Guvohlarning aytishicha, hujumchi «katta pichoq» bilan qurollangan.

Jinoyatchining harakatlari oqibatida kamida 5 kishi halok bo‘lgan. Yana 8 kishi, jumladan, 1 bola shifoxonaga yotqizilgan.

Hujumchi politsiya tomonidan otib o‘ldirilgan. Savdo markazida uning ehtimoliy sheriklari qidirilmoqda.

Huquq-tartibot idoralari erkakning xatti-harakatlari sabablari hozircha noma’lumligini qayd qilmoqda.

Mavzuga oid