Toshkentda aholi tomonidan sezilgan inflatsiya 17,2 foizga yetdi
Mart oyida O‘zbekistonda aholi tomonidan sezilgan inflatsiya darajasi 12,7 foizni tashkil etdi. Bu rasmiy yillik inflatsiyadan 4,7 foizga yuqori. Respondentlarning aksariyati benzin va yonilg‘i narxlari oshishini his qilgan.
Markaziy bank mart oyi uchun aholi va tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan sezilgan inflatsiya darajasi haqidagi ma’lumotlarni e’lon qildi.
Unga ko‘ra, aholi tomonidan sezilgan inflatsiya darajasi 12,7 foizni tashkil qilgan. Hududlar kesimida inflatsiyaning eng yuqori darajasi Toshkent shahri – 17,2 foiz va Farg‘ona viloyatida – 15,3 foiz, eng past darajasi esa Qoraqalpog‘iston – 9,3 foiz va Jizzax viloyatida – 10,1 foiz sezilgan.
So‘rovnomada qatnashganlarning katta qismi benzin va yoqilg‘i hamda meva-sabzavotlar narxlarida yuqori o‘sish kuzatilganini qayd etgan.
Daromadlari 7 mln so‘m va undan yuqori bo‘lgan aholining sezilgan inflatsiya darajasi respublika bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichdan yuqori darajada shakllangan. Xususan, 15 mln so‘mdan ko‘p daromad egalari sezgan inflatsiya 19,3 foizni tashkil qilgan. Toshkent shahrida 21 foiz va undan yuqori inflatsiya sezayotganlar ulushi 31 foizga, Farg‘ona viloyatida esa 24 foizga yetgan.
Avvalroq, fevralda iste’mol sektoridagi narxlarning yillik o‘sish darajasi 7,98 foizni tashkil etgani xabar qilingandi. O‘tgan oyda sezilgan va rasmiy inflatsiya o‘rtasidagi farq 4,72 foiz bo‘lgan.
Mavzuga oid
11:56 / 11.11.2024
Turkiy davlatlar tashkiloti Markaziy banklari kengashi tashkil etiladi
18:34 / 08.11.2024
Markaziy bank 7 ta bank va 2 ta mikromoliya tashkilotini jarimaga tortdi
23:10 / 07.11.2024
O‘zbekiston oltin-valuta zaxiralari 43 mlrd dollardan oshdi
08:10 / 02.11.2024