NATO O‘zbekiston Qurolli kuchlari kursantlari uchun o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazmoqda
NATO xodimlari O‘zbekiston Qurolli kuchlari Kichik mutaxassislar tayyorlash markazi faoliyati bilan tanishdi. Mehmonlar harbiy alyans to‘g‘risida ma’lumot berib, NATOga a’zo davlatlarda serjantlar qanday tayyorlanishi bo‘yicha mashg‘ulotlar tashkil etdi. Hamkorlikdagi o‘quv mashg‘ulotlari 20 aprelgacha davom etadi.
Shimoliy Atlantika shartnomasi tashkiloti (NATO) mutaxassislari O‘zbekiston Qurolli kuchlari Kichik mutaxassislar tayyorlash markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Dastlab delegatsiya a’zolariga markazning o‘quv-moddiy bazasi va o‘quv xonalarida yaratilgan sharoitlar tanishtirilib o‘tildi.
Shundan so‘ng markazning Madaniyat va ma’rifat markazida mehmonlar o‘zaro tanishuv suhbati hamda mas’ul shaxslar ishtirokida brifing o‘tkazildi.
Brifing davomida markaz shaxsiy tarkibi va kursantlarga NATO harbiy hamkorligi to‘g‘risida tegishli ma’lumotlar berildi. Shundan so‘ng markazda tahsil olayotgan kursantlar uchun NATOga a’zo davlatlarda serjantlarni tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha bir qator mavzularda mashg‘ulotlar tashkil etildi hamda mavzu bo‘yicha o‘zaro fikrlar almashildi.
Mazkur hamkorlikdagi o‘quv-uslubiy mashg‘ulotlar 20 aprel kuniga qadar davom etadi.
Mavzuga oid
01:18 / 10.11.2024
Rossiyalik o‘qituvchilar «NATOdan himoyalanish uchun» folgadan qalpoqlar yasadi
10:09 / 09.11.2024
IISS: Yevropadagi NATO davlatlari AQShga tayanishda davom etmoqda
07:47 / 09.11.2024
KXDRning urushdagi ishtiroki: NATO Ukrainaga yangi yordam va’da qilmoqda
17:30 / 04.11.2024