Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindistonda o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun o‘quv kurslari tashkil etiladi
Dehli shahrida O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasidagi madaniy aloqalarni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Mamlakatning Dehlidagi elchixonasi va "Hindiston-O‘zbekiston" do‘stlik jamiyati vakillari o‘zaro hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo".
Do‘stlik jamiyatiga Hindiston sobiq bosh vaziri La’l Bahodir Shastri Xotira majmuasi direktori Anil Kumar Shastri raislik qiladi. Diplomatiya missiyasi va jamiyat tomonidan o‘zbek va hind xalqlarining boy madaniy-ma’rifiy merosi, milliy urf-odatlar va an’analarni keng targ‘ib qilish, oddiy odamlar o‘rtasida o‘zaro anglashuv ruhini mustahkamlash yo‘lida faol hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.
O‘zbekiston elchisi Sardor Rustamboyev joriy yil diplomatiya missiyasi va do‘stlik jamiyati hamkorligida amalga oshirishga qaratilgan qator loyihalarni taklif qildi.
Muloqot chog‘ida La’l Bahodir Shastri nomidagi Menejment institutida o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun o‘quv kurslari tashkil etish, O‘zbekiston va Hindiston oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi aloqalarni faollashtirish, ikki mamlakat kitobxonlari uchun qiziqarli bo‘lgan adabiyotlarni o‘zbek, hind va ingliz tillariga birgalikda tarjima qilish, qo‘shma madaniy tadbirlar o‘tkazishga oid masalalar o‘rganib chiqildi.
Mavzuga oid
20:40 / 27.05.2025
Hindiston xususiy firmalarga zamonaviy qiruvchi samolyotlarini yig‘ishga ruxsat berdi
11:37 / 26.05.2025
Dehlida O‘zbekiston-Hindiston ta’lim forumi o‘tkazildi
21:17 / 23.05.2025
Hindistonda kuchli yomg‘ir oqibatida kamida 45 kishi halok bo‘ldi
21:32 / 21.05.2025