Iqtisodiyot | 16:24 / 22.04.2024
8571
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda dollar kursi 12 700 so‘mdan oshdi

Rasmiy kurs so‘nggi oylarda har oyda o‘rtacha 100 so‘mga qimmatlamoqda.

Foto: Kun.uz

O‘zbekiston Markaziy banki 23 apreldan boshlab xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

Savdo yakunlariga ko‘ra, AQSh dollari kursi 21 so‘mga oshib, tarixiy maksimal — 12 711 so‘mga yetdi.

Tijorat banklarida dushanba kuni dollar 12 640−12 680 so‘m kursida sotib olindi. Sotish kursi 12 730 so‘mdan 12 750 so‘mgacha o‘zgardi.

Shuningdek, yevro 21,22 so‘mga oshib, 13 526,27 so‘m bo‘ldi. Rubl 0,36 so‘mga oshib, 136,31 so‘mni tashkil etdi

2024 yilning birinchi ish kunida, 3 yanvar kuni kurs 12 352,86 so‘m edi, 11 yanvarda kurs ilk bor 12 400 so‘mlik nuqtadan o‘tdi, 23 fevralda 12 500 so‘mlik dovonni, 28 martda 12 600 so‘mlik dovonni zabt etgandi.

Shu tariqa, yil boshidan beri kurs qariyb 360 so‘mga ko‘tarildi.

2022 yil oxirida milliy valuta 3,94 foizga, 2023 yilda esa 9,7 foizga qadrsizlangandi.

Mavzuga oid