O‘zbekiston | 14:45 / 22.04.2024
2944
1 daqiqa o‘qiladi

Uch hududda 400 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan shaxslar aniqlandi

Tabiiy resurslardan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etilmoqda.

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Navbahor tuman bo‘limi tomonidan IIB va gaz ta’minoti bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda, M-R. MChJ mas’ul shaxslari MChJ noturar binosini umumiy foydalanishdagi gaz tarmog‘iga to‘g‘ridan to‘g‘ri ulab, jami 155,1 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlangan.

Shu kabi, departamentning Bekobod va Ohangaron shahar bo‘limlari tomonidan tergovga qadar tekshiruvlar o‘tkazilgan.

Ularda, fuqarolar T.X. va J.A. o‘z uylarida tashkil etgan issiqxonalarda yasama isitish qozonlarini gaz tarmog‘iga to‘g‘ridan to‘g‘ri ulab, jami 248,4 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga oid