Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Asiana Airlines Nagoyadan O‘zbekistonga aviareyslar yo‘lga qo‘yadi
Yaponiyaning Nagoya shahrida O‘zbekistonning investitsiyaviy va turizm salohiyatiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi.
Mamlakat elchixonasi tomonidan Nagoya shahri meriyasi bilan hamkorlikda "O‘zbekistonning investitsiyaviy va turizm salohiyati" mavzusida tadbir o‘tkazildi, deb xabar bermoqda "Dunyo".
Tadbirda meriyaning Xalqaro hamkorlik departamenti direktori Makio Yamada, O‘zbekistonning Nagoya shahridagi faxriy konsuli Xiroyuki Ito, Asiana Airlines aviakompaniyasining Nagoya shahridagi vakolatxonasi vakillari ishtirok etdi.
Elchixona tomonidan O‘zbekistonning turizm salohiyatiga bag‘ishlangan taqdimot davomida mamlakatda yangi turizm yo‘nalishlari va "turizm kontentlari"ni ishlab chiqish, turizm sohasida loyihalarni amalga oshirish, xorijiy sayyohlarga qulayliklar yaratish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotgani haqida ma’lumot berildi.
Bundan tashqari, tadbir ishtirokchilariga mamlakat tarixiy shaharlarining turizm salohiyati, so‘nggi yillarda barpo etilgan jahon standartlari asosidagi mehmonxonalar, ichki transport infratuzilmasi, ovqatlanish maskanlari haqida taqdimot namoyish qilindi.
O‘zbekistonga Nagoya shahridan Koreya Respublikasining "Inchxon xalqaro aeroporti" orqali kelish qulayligini inobatga olgan holda, Asiana Airlines aviakompaniyasining Nagoya shahridagi vakolatxonasi tomonidan rejalashtirilgan aviareyslar taqdimoti va aviaqatnovlar jadvali haqida ma’lumot berildi.
Tadbir yakunida Nagoya prefekturasining sayyohlik kompaniyalari vakillari bilan suhbatlar tashkil qilinib, mamlakatga ushbu hududdan sayyohlar oqimini oshirish hamda "O‘zbekiston turizm brendi"ni keng targ‘ib qilish bo‘yicha kelishib olindi.
Mavzuga oid
14:22 / 22.04.2024
Nagoya shahrida birinchi "O‘zbekiston-Yaponiya savdo uyi" ochildi
07:52 / 26.09.2023
Nagoya shahrida O‘zbekistonning faxriy konsulligi ochildi
12:12 / 19.12.2020
Nagoyada «Toshkent kuni» forumining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi
07:12 / 18.11.2020