Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Devid Kemeron O‘zbekistonga keldi
Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid Kemeron Toshkentga tashrif buyurdi.

Foto: O‘zA
Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid Kemeron Toshkentga keldi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Ayni paytda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida yuqori martabali mehmonning mamlakat tashqi siyosat idorasi rahbari Baxtiyor Saidov bilan muzokarasi boshlandi.
Uchrashuvda mintaqaviy xavfsizlik, ta’lim, iqlim o‘zgarishi, ikki tomonlama savdo hamda biznes aloqalarini rivojlantirish masalalari muhokama etilmoqda.
Avvalroq Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid Kemeron Tojikiston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Turkmaniston, Qozog‘iston va Mo‘g‘ulistonga safar qilishi, tashriflarda Britaniya bilan savdo, xavfsizlik va atrof-muhit bo‘yicha aloqalarni kengaytirish maqsadida muzokaralar o‘tkazilishi xabar berilgandi.
The Independent xabariga ko‘ra, Kemeron Markaziy Osiyo «Britaniya duch kelayotgan eng katta muammolarning markazida» ekanligidan ogohlantirib, uning «qiyinchilik bilan erishilgan suverenitetni» qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qator chora-tadbirlarni e’lon qiladi.
Dushanba kuni Devid Kemeron Dushanbedagi Millat saroyida Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon bilan uchrashdi.
Mavzuga oid

18:29 / 27.05.2025
Argentina Britaniyani Folklend orollari bo‘yicha muzokaralarni qayta tiklashga chaqirdi

09:22 / 23.05.2025
Britaniyalik 500 dan ortiq o‘qituvchi O‘zbekistondagi maktablarga jalb qilinadi

10:39 / 20.05.2025
Britaniya, Fransiya va Kanada Isroilga «aniq choralar» bilan tahdid qildi

13:15 / 13.05.2025