O‘zbekiston | 07:49 / 24.04.2024
2722
2 daqiqa o‘qiladi

Avtomashina oldi-sotdisi uchun o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 

Firibgarlikning yana bir noodatiy usuli aniqlandi.

Farg‘ona viloyati Buvayda tumanida yashovchi 38 yoshli Z.A. IIOga murojaat qilib, bank kartasidan 600 000 so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari noma’lum shaxs tomonidan firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirilganini ma’lum qildi.

Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Andijon viloyati Andijon shahrida yashovchi 29 yoshli H.A. sodir etgani aniqlangan.

Gumonlanuvchi sifatida tergov organlariga jalb etilgan H.A. Z.A. bilan telefon orqali gaplashib, uning ishonchiga kirish orqali undan avtomashina oldi-sotdisi uchun oldindan 50 AQSh dollari miqdoridagi pullarni o‘tkazib berishini aytib, 600 000 so‘m pullarini o‘tkazib olgani ma’lum bo‘ldi.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, H.A.ning sodir etilib, fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish maqsadida tergov, tezkor-qidiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Qonunga muvofiq, JKning 168-moddasi 3-qismidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.

Mavzuga oid