Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buxoroda 4 dona qadimiy tangani xorijga olib chiqmoqchi bo‘lganlar aniqlandi
Qadimiy numizmatika ashyolari doimiy saqlash uchun Buxoro davlat muzey-qo‘riqxonasiga taqdim etilgani ta’kidlanmoqda.
Buxoro aeroporti bojxona posti orqali qadimiy numizmatika buyumlarini xorijga olib chiqish urinishi bartaraf etildi. Bu haqda Buxoro viloyati bojxona qo‘mitasi xabar berdi.
Qayd qilinishicha, «Buxoro - Vnukovo» yo‘nalishidagi aviareys orqali Rossiyaga uchib ketayotgan ikki nafar fuqaro o‘zi bilan 4 ta qadimiy tangani olib ketmoqchi bo‘lgan. Ular ashyoviy dalil sifatida vaqtincha saqlovga olingan va qadimiylik darajasini aniqlash maqsadida Buxoro viloyati madaniy meros boshqarmasi tomonidan badiiy ekspertiza o‘tkazilgan. Unga ko‘ra, mazkur tangalar 1751 yilda Rossiyaning Yekaterinburg zarbxonasida zarb etilgani tasdiqlangan.
Qadimiy numizmatika ashyolari doimiy saqlash uchun Buxoro davlat muzey-qo‘riqxonasiga taqdim etilgani ta’kidlanmoqda.
«Madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi to‘g‘risida»gi qonuniga asosan, zarb etilganligiga 50 yildan oshgan numizmatika buyumlarini O‘zbekiston hududidan olib chiqish taqiqlanadi.
Mavzuga oid
16:16 / 16.05.2025
Tanzila Norboyeva Buxoroda jinoyatchilikka qarshi kurashish masalalarini muhokama qildi
14:39 / 16.05.2025
Buxoroda yo‘ldan o‘tayotgan ayol ekskavator bosib ketishi oqibatida halok bo‘ldi
19:05 / 12.05.2025
Buxoro shahrida 3 ta mashina yonib ketdi
14:03 / 11.05.2025