Jamiyat | 17:00 / 25.04.2024
4044
6 daqiqa o‘qiladi

Cheers jamoasi yangi subbrendʼni e’lon qildi

Foto: Cheers

Asel Satenova – EWI marketing bo‘yicha direktori bergan intervyusida O‘zbekistonda sneklar bozori qanday rivojlanib borayotgani va nima uchun innovatsiyalar – yangi auditoriyani jalb qilishda asosiy omil bo‘lib hisoblanishi haqida gapirib berdi.

 -  EWI kompaniyasining ekspertizasi nimada?

-  EWI kompaniyasi O‘zbekistonda gazak (snek) mahsulotlari, xususan, chips ishlab chiqarishni boshlagan birinchi korxonalardan biri bo‘lib, bugungi kunda O‘zbekistonda tuzli sneklarni ishlab chiqarish bo‘yicha yetakchi kompaniya hisoblanadi. Millionlab odamlar bizning mahsulotlarimiz bilan tanish, biz o‘zimizning Cheers brendi ostida kartoshka chiplarini ishlab chiqaramiz. Bu mahsulot nafaqat O‘zbekiston bozorida, balki qo‘shni bozorlarga ham eksport qilinmoqda. MDH mamlakatlari hududida brend Rossiya, Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston va Turkmanistonda taqdim etilgan. Bu yil biz o‘z qatorimizni yangi mahsulot – Nachos Cheers subbrend bilan kengaytirmoqdamiz.

-  Nomidan tashqari mahsulot hozirgi chipslar brendidan nima bilan farq qiladi?

-  Biz makkajo‘xoridan tayyorlangan sneklarning ko‘payib borayotganini kuzatmoqdamiz. Yangi mahsulot uchta ta’mga ega bo‘ladi - pishloq, maxsus nachos pishloq va dudlangan kolbasa

-  Yangi mahsulotlarni ishlab chiqish jarayonlaridagi asosiy bosqichlarni qanday ajratgan bo‘lardingiz?

-  Biz avvalombor, O‘zbekistondagi iste’molchilarimizni o‘rganamiz, ularning xohish-istaklari, iste’mol qilish holatlari, nimani yoqtirishini va nimani yoqtirmasligini bilib olamiz. Shuningdek, biz chipslar ishlab chiqarish toifasi bo‘yicha xalqaro tajribaga egamiz, bu tajribaga O‘zbekistondan tashqaridagi global tendensiyalarni va boshqa bozorlarni o‘rganish orqali erishamiz. Misol uchun, AQSh va Yevropada chips iste’moli va ularning xilma-xilligi O‘zbekistonnikiga qaraganda bir necha barobar kengroq, demak, bu bozorlardan o‘rganish uchun ko‘p narsa bor. Mahalliy bozor uchun makkajo‘xori sneklarini ishlab chiqarish maqsadida korxonamiz ishlab chiqarish quvvatini ikki barobarga oshirdi

-  Bugungi kunda ishlab chiqarishingiz qanday uskunalarda amalga oshirilmoqda?

-  Jarayonlarning sifati va optimallashtirilishi biz uchun muhim, shuning uchun uskunalarga sarmoya kiritish muntazam ravishda davom etmoqda. Hamkorlarimiz qatoriga AQShning Reading Bakery System kompaniyasidan chips ishlab chiqarish liniyasi, Yaponiyaning Ishida kompaniyasidan qadoqlash liniyasi, CEPI kompaniyasidan Italiyaning xomashyo yetkazib berish tizimi va boshqalar kiradi.

-  Yangi mahsulot iste’molchilik odatlarini qanday o‘zgartira oladi?

-  Biz ishlab chiquvchilar guruhi bilan birgalikda nafaqat zamonaviy xaridorning ehtiyojlarini qondiradigan, balki ularni oldindan ko‘ra oladigan yangi mahsulotlarni yaratamiz. Misol uchun, takomillashtirilgan ishlab chiqarish liniyasi va pechda pishirish natijasida bizning chipslarimiz 50% kamroq yog‘ga ega, ammo baribir to‘yingan, boy ta’mga ega. Biz bu xulosalarni o‘sib borayotgan talab va iste’molchilarning ta’mlarga sodiq qolishlaridan kelib chiqib aytishimiz mumkin

-  Mahsulotingiz sifati doim bir xil, barqaror bo‘lib qolishini qanday ta’minlaysiz?

-  Biz FSSC 22000 xalqaro standartlariga muvofiq ishlaymiz. Ushbu tizim tayyor mahsulot sifatini va olib kelinayotgan xomashyosini nazorat qilish imkonini beradi (mahsulotning barqaror sifatiga erishish va u bilan faxrlanish, uchun sifatli mahsulotlarni tanlab olish qanchalik katta va mashaqqatli mehnat ekanligini tasavvur ham qila olmaysiz).

-  Fikringiz qanday, iste’molchi ham sizni aynan mana shu sabablarga asoslanib tanlaydimi?

-  O‘ylaymanki, iste’molchi biz haqiqatan ham sifat standartini saqlab qolayotganimizni tushunadi. Shuningdek, Halol sertifikatining muhimligini tushungan holda, bizning barcha mahsulotlarimiz – Cheers va yangi Cheers Nachos – ushbu standartlar va talablarga muvofiq ishlab chiqariladi

-  Yangi mahsulotlar borasida yaqin kelajakdagi rejalaringiz qanday?

-  Yaqin kelajakda biz sneklar segmentida yana bir yangi liniya tayyorlayapmiz. Ishonchim komilki, yangi mahsulot iste’molchilarimizni qiziqtiradi, hech bo‘lmaganda O‘zbekiston bozorida bunday mahsulot bo‘lmagan. Biz har tomonlama chuqur tahlilni bajargan holda, mahsulotni tanladik va uni mahalliy iste’molchimiz va ularning ehtiyojlarini tushunishimiz asosida tayyorladik. Ko‘p yillik xalqaro tajriba va zamonaviy jihozlangan zavod yangi mahsulotimiz O‘zbekistonda ham ko‘pchilikka manzur bo‘lishiga aniq ishonch baxsh etadi. Tez orada bu haqda bir oz ko‘proq ma’lumot bera olamiz.

Va aytish joizki, jamoamizning yana bir doimiy maqsadi – MDH mamlakatlaridagi o‘z o‘rnimizni mustahkamlashga qaratilgan.

Reklama huquqi asosida