Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
IIV Jazoni ijro etish departamentining o‘quv poligoni tashkil etiladi
Namangan viloyati Uychi tumanidagi 6-son tergov hibsxonasi hududida Jazoni ijro etish departamentining o‘quv poligonini tashkil etilishi belgilanmoqda.
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamentining faoliyatini samarali tashkil etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan Namangan viloyati Uychi tumanidagi 6-son tergov hibsxonasi hududida Jazoni ijro etish departamentining o‘quv poligonini tashkil etilishi belgilanmoqda. Uning asosiy vazifasi etib xodimlarning xizmat, jangovar, jismoniy va axloqiy-psixologik tayyorgarligini muntazam oshirib borish bo‘ladi.
Poligonni 2025 yil 31 dekabrga qadar qurib bitirish topshirig‘i berilgan.
Shuningdek, kiritilayotgan o‘zgartirishlar bilan jazoni ijro etish muassasalarining DUKlarni tashkil etish vakolatlari bekor qilinmoqda: endilikda jazoni ijro etish muassasalari xo‘jalik yurituvchi boshqa sub’yektlar bilan hamkorlikda faoliyat yuritish huquqiga ega.
Mavzuga oid
20:32 / 18.05.2025
Bir oyda 590 mingdan ortiq yo‘l harakati qoidabuzarligi aniqlandi - IIV
18:26 / 15.05.2025
IIV taqdim etadigan ayrim xizmatlar elektron shaklga o‘tkaziladi
14:22 / 13.05.2025
IIV: Mubashshir Ahmad Turkiyadan deportatsiya qilinib, qamoqqa olindi
10:06 / 21.04.2025