O‘zbekiston | 07:42 / 26.04.2024
4046
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda o‘zi bilan taqiqlangan modda olib yurgan haydovchi ushlandi

Bektemir tumanidagi “Sharq” YPX maskanida o‘tkazilgan profilaktik tadbirlar davomida o‘zi bilan taqiqlangan modda olib yurgan haydovchi aniqlandi. 

Foto: Toshkent shahar IIBB

Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabariga ko‘ra, 30 yoshli X.A. boshqaruvidagi Spark avtomashina to‘xtatilib, hujjatlarini tekshirish davomida o‘zini tutishi va gap so‘zidan xodimlarda shubha uyg‘otgan.

Xolislar ishtirokida avtomashina ko‘zdan kechirilganda avtomashina salonidan jigarrang, o‘tkir hidli, quritilgan o‘simlik moddasi topilgan.

Holat bo‘yicha tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, fuqaro hamda aniqlangan modda Bektemir tuman IIO FMBga topshirilgan.

Mavzuga oid