O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor yog‘di
O‘zbekistonga kirib kelgan sovuq antitsiklon sababli tunda Qashqadaryo, Jizzax viloyatlari va Qamchiq dovonida qor yog‘ib o‘tgan.
2024 yil 27 apreldan 28 aprelga o‘tar tunda O‘zbekistonning bir qator tog‘li hududlarida qor yog‘ib o‘tgan.
Jumladan, Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanida Maydanak observatoriyasi atroflarida, Jizzax viloyati Zomin tumanidagi yuqori dam olish maskanlarida va Qamchiq dovonidan o‘tgan avtomobil yo‘lining yuqori qismlarida qor yog‘gan.
O‘zgidrometning xabar berishicha, 27 aprel tunda Qamchiq dovonidagi dengiz sathidan 2,2 ming metr balandlikdagi “Qamchiq” meteorologik stansiyasida va Zomin tog‘larida havo harorati 0 darajagacha tushib ketgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga ko‘ra Qozog‘istonning Toshkent viloyati bilan chegaradosh bo‘lgan Jambil viloyatida 27 aprel kuni kunduzi qor yog‘gan.
O‘zgidrometga ko‘ra, 2024 yil 28 aprel kuni tongda O‘zbekistonning asosiy yirik shaharlarida havo harorati +4 dan + 9 darajagacha iliq bo‘lgan. Faqat Termiz va vodiy viloyatlaridagi shaharlarda harorat +10 darajadan yuqori bo‘lgan.
Mavzuga oid
18:37 / 08.11.2024
Fuji tog‘iga birinchi qor yog‘di - bu 130 yildan beri kuzatilgan eng kech sana
09:48 / 23.09.2024
Janubiy Afrikada kutilmagan qor tufayli transport harakati izdan chiqdi
08:30 / 06.05.2024
Uralda kuchli qor yog‘ishi sababli favqulodda holat joriy etildi
10:17 / 01.05.2024