O‘zbekiston | 17:00 / 30.04.2024
2869
4 daqiqa o‘qiladi
Reklama

“Biznes marafon” xalqaro maydonda: ilk manzil - Istanbul shahri

Yoshlarning ish bilan ta’minlanishi, ularning iqtisodiy mustaqillikka erishishi va hayotda o‘z o‘rinlarini topib ketishi iqtisodiy rivojlanishning asosiy omillaridan biri hisoblanadi. Bunga esa osonlikcha erishib bo‘lmaydi. Bu uchun tajriba, ko‘nikma hamda bilim talab qilinadi. “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi tomonidan an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan yoshlarga biznes yuritish ko‘nikmalarini o‘rgatishga qaratilgan “Biznes marafon” loyihasi esa aynan shu maqsad sari qadam tashlamoqda.

Yurtimiz va xorijda muvaffaqiyatga erishgan tajribali tadbirkorlar va yoshlar ishtirokida ochiq muloqot shaklida o‘tkazib kelinayotgan marafonning o‘tgan to‘rt mavsumida (2021-2023 yillar) 110 ming nafardan ziyod yoshlar bevosita ishtirok etgan bo‘lsa, 9 million nafarga yaqin yoshlar “onlayn” tarzda kuzatib bordi.

Loyihasi davomida faol ishtirok etgan yoshlarga biznes va shaxsiy rivojlanishga oid “Besseller” kitoblar, xususan, 3 ming dona bosma kitoblar tarqatildi hamda 24 ming nafar yoshlarga mobil ilova orqali elektron va audio shaklda kitoblar taqdim etildi.

Loyihaning beshinchi mavsumi 2024 yilning 1 fevral kuni Surxondaryo viloyatida start oldi. Unda Jahongir Ortiqxo‘jayev, Laziz Adhamov, Husan Mamasaidov hamda Umidjon Ishmuhamedov kabi muvaffaqiyatli tadbirkor hamda biznesmenlar ishtirok etishdi. Jarayonda esa 500 dan oshiq yoshlar qatnashdi.

Eng e’tiborli hamda quvonarli tomoni, beshinchi mavsum davomida “Biznes marafon” loyihasi xalqaro maydonga chiqib, Turkiyaning Istanbul shahrida tashkillashtirildi.

Unda Xayrulla Sattorov (“Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi ijro etuvchi direktori), Yunus Furkan Akbal (tadbirkor hamda “Fuzul Holding” kengash a’zosi), Husan Mamasaidov (“Deli.uz”, “Dekos.uz”, “Mfaktor” loyihalari asoschisi), Serhat Kisakurek (MUSIAD tashkilotining Investitsiyalar bo‘yicha boshlig‘i), Umidjon Ishmuhammedov (“Cambridge International university” asoschisi), Muhammadali Eshonqulov (“Yuksalish” maktablari asoschisi) hamda Mirshod Shokirov (Sobiq diplomat, investor va ko‘p tarmoqli tadbirkor, “Biznes diplomat” va “MIORA GROUP” xolding kompaniyasi rahbari) kabi turkiyalik hamda o‘zbekistonlik ishbilarmonlar, biznes hamda tadbirkorlik sohasi vakillari, 400 dan oshiq sohaga qiziquvchilar ishtirok etishdi.

Marafon davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiynab kelayotgan biznesni qanday boshlash, xatarlarni boshqarish, raqobat muhitida bozorda o‘z o‘rnini topish, xodimlar bilan ishlashdagi usullar, ruhiy va iqtisodiy bankrotlik, biznesdagi barqarorlikka erishish, biznesga investitsiya kiritish, xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish kabi savollarga javoblar olishdi.

Mavzuga oid