Jamiyat | 17:00 / 07.05.2024
5053
4 daqiqa o‘qiladi

Musaffo ochiq eshiklar kuni ketma-ketligini boshlab yubordi

Foto: Musaffo

Sut mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha Musaffo zavodi ochiq eshiklar kuni ketma-ketligini tashkil qildi. Kelgusida bunday tadbirlarga barcha tashrif buyurishi mumkin bo‘ladi, hozircha esa – buning qanday bo‘lgani haqida hikoya qilamiz.

“Ushbu tadbirning asosiy maqsadi – iste’molchiga zavod xalqaro standartlarga muvofiq hamda “Halol” mahsulot bilan ishlashning barcha tamoyillariga rioya qilgan holda faoliyat yuritishini o‘z ko‘zi bilan ko‘rish imkonini berishdan iborat”, - deya qayd etdi Milk House kompaniyasi va Musaffo brendining marketing bo‘yicha direktori Asel Satenova.

Zavod ichkarisidagi birinchi tashrif hududi sutni qabul qilish punkti bo‘lib, bu yerda sut qonunchilik me’yorlari hamda kompaniyaning ichki mezon va talablariga muvofiqlik yuzasidan sifat nazoratidan o‘tkaziladi. Ta’kidlash zarurki, tarkibida antibiotiklar mavjud sut ishlab chiqarishga qabul qilinmaydi. Ya’ni antibiotiklar bilan davolangan sigirlarning suti vaqtincha iste’mol uchun yaroqsiz hisoblanadi. Buni shunchaki ko‘rish yoki sutning hidi orqali aniqlash mumkin emas, shu bois bunday tahlillar faqat laboratoriyada o‘tkaziladi. Antibiotiklar aniqlangan taqdirda, kompaniya butun partiyani qaytaradi. Qabul-apparat sexi yiliga 365 kun davomida haftasiga 24 soat ishlaydi.

So‘ngra mehmonlar laboratoriyaga yo‘l oldilar va bu yerda ularga xomashyo, materiallar va tayyor mahsulotning fizik-kimyoviy hamda mikrobiologik nazorati haqida so‘zlab berildi. Aynan shu yerda “Halol” sertifikati va FSSC 22000 xalqaro standartlariga muvofiqlik haqida aytib o‘tildi.

Laboratoriya faoliyati ham xuddi qabul-apparat sexidagi kabi to‘xtovsiz davom etadi. Mahsulot yuqori sifatga erishish maqsadida ishlab chiqarishning barcha bosqichlarida nazorat qilinadi. Ya’ni operatorlar har bir ishlab chiqarish uchastkasidan muntazam ravishda namunalarni olib keladi. Bundan tashqari, ishlab chiqarish doirasida foydalaniladigan qadoqlash materiali va xomashyosi ham nazoratdan o‘tkaziladi. Masalan, sut o‘rami ko‘p sonli testlar, jumladan elektrolitli, siyohli, choklar sifati, o‘ramning qatlamlanishi bo‘yicha sinovlaridan o‘tadi. Shuningdek, laboratoriya mikrobiologlari qo‘llar yuvilishi hamda ish uskunalari va jihozlari yuvilishidan namuna olish orqali xodimlarning sanitar holatini nazorat qiladi.

Navbatdagi bosqichda ishlab chiqarish sexiga tashrif uyushtirildi. Bu yerda protsessing, quyish hududi, qadoqlash uchastkalari mavjud.

“Butun jarayon avtomatlashtirilgan bo‘lib, uning holati operatorlar hamda belgilangan nuqtadagi nazoratchilar tomonidan kuzatib boriladi. Ular biron kamchilik yoki me’yordan og‘ishlar aniqlangan taqdirda ishlab chiqarishni to‘xtatishlari mumkin. Shuningdek, aynan nazoratchilar tasodifiy tanlov orqali liniyadagi istalgan mahsulotni olib, laboratoriyaga olib boradi”, - deya jarayonni tushuntirdi marketing bo‘yicha direktor.

Tashrif buyuruvchilarga Musaffo brendi assortimentida mavjud turli saqlash shartlariga ega xilma-xil toifadagi mahsulotlar haqida so‘zlab berildi. Sut uchun 25 darajagacha iliqlikdagi ombor yetarli bo‘lsa, kefir 2-6 daraja me’yoridagi sovuq omborda saqlanishi lozim. Tovarning butun harakatlanishini qamrab olingan saralashdan tortib tovar do‘kon peshtaxtasiga qo‘yiladigan vaqtgacha bo‘lgan davr “sovuq zanjir” deb nomlanadi. Ya’ni omborlarda tegishli haroratni ta’minlashdan tashqari, xodimlar shuningdek yukni tushirish hududi va yetkazib berish avtomobilida ham haroratni nazorat qilib boradi. Barcha tovarlar FIFO tizimiga qat’iy muvofiqlikda yetkaziladi.

Ochiq eshiklar kuni shaklidagi mazkur tadbir muntazam ravishda o‘tkaziladi, demak kompaniya barcha xohlovchilarni qabul qilishga hamda mahsulot bo‘yicha barcha e’lon qilingan sifatlarni namoyon qilishga tayyor.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid