Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tibbiyot muassasalariga ishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxslar ushlandi
Andijon, Xorazm va Toshkentda tibbiyot muassasalariga ishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxslar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
O‘tkazilgan tezkor tadbirda Buloqboshi tumani tibbiyot birlashmasi statisti B.X. fuqaro T.Z.ni Marhamat tuman tibbiyot birlashmasi shoshilinch tez tibbiy yordam bo‘limiga hamda fuqaro T.Yu.ni viloyat tibbiyot muassasalaridan biriga ishga kiritib qo‘yishi evaziga har biri uchun 800 dollardan jami 1 600 dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Departamentning Xiva shahar bo‘limi DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro M.Ya. fuqaro N.Yu.ning qarindoshi M.I.ni go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida 1 500 dollar evaziga “Bekobod” qishloq vrachlik punktiga ishga kiritib qo‘yishini aytib, oldindan 1 000 dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, Departamentning Olmazor tumani bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Respublika tez tibbiy yordam markazi Toshkent shahar filialining bo‘lim mudiri N.Z. (muqaddam sudlangan) fuqaro Z.A.ni Olmazor tumani tez tibbiy yordam bo‘limiga ishga kiritib qo‘yishi evaziga 5 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
10:18 / 23.05.2025
O‘zbekistonlik 1500 dan ortiq fuqaro Sloveniyada ish topishi mumkin
22:23 / 17.05.2025
Shifokor changli havoda amal qilish kerak bo‘lgan tavsiyalarni berdi
11:10 / 09.05.2025
Shifokor va hamshiralarni tayyorlash bo‘yicha yagona malaka talablari ishlab chiqiladi
19:13 / 07.05.2025