618 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan issiqxona aniqlandi
Toshkent viloyatida 618,4 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan issiqxona aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Ohangaron tuman bo‘limi tomonidan “Qibraytumangaz” bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.
Unda, “M.O.” MChJ mas’ul shaxslari korxonaning Qibray tumanida joylashgan issiqxonada 412,2 ming metr kub tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib, davlat va jamiyat manfaatlariga 618,4 mln so‘m zarar yetkazganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
14:18
Zangiotada 14 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan issiqxona aniqlandi
11:31
Energetika vazirligi: Issiqxonalarga gaz yetkazib berish bo‘yicha cheklovlar yo‘q
15:05 / 12.11.2024
Toshkent havosini ifloslantirishi mumkin bo‘lgan barcha obektlar nazoratga olindi - hokimlik
16:17 / 07.11.2024