Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Koreya adliya sohasida hamkorlikni kengaytiradi
Seuldagi muzokaralarda Koreya tomoni O‘zbekiston bilan arbitraj, xalqaro huquqiy yordam, yuristlar malakasini oshirish va boshqa yo‘nalishlarda yaqindan hamkorlik qilishga tayyorligini bildirdi. Koreyada ishlamoqchi bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolariga qulay shart-sharoit yaratish masalalari muhokama qilindi.
10 may kuni O‘zbekiston Adliya vazirligi delegatsiyasining Koreya Respublikasiga tashrifi davomida vazir o‘rinbosari X.Meliyev va Koreya Respublikasi adliya vaziri o‘rinbosari Xong Sik Chung o‘rtasida ikki tomonlama muzokara bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvning dastlabki qismida o‘zbek tomoni Koreya Adliya vazirligi faoliyati bilan yaqindan tanishtirildi.
O‘zbekiston Adliya vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, muzokarada Koreya tomoni O‘zbekiston bilan arbitraj, xalqaro huquqiy yordam, yuristlar malakasini oshirish yo‘nalishlarida hamda O‘zbekistondagi ma’muriy islohotlarda, jumladan, bu boradagi qonunchilik hujjatlarini takomillashtirishda yaqindan hamkorlik qilishga tayyorligini bildirdi.
O‘z o‘rnida o‘zbek delegatsiyasi yuqorida qayd etilgan takliflarni qo‘llab-quvvatlab, ushbu yo‘nalishlarda amaliy hamkorlik qilishga tayyorligini ma’lum qildi.

Shuningdek, Koreya Respublikasida mehnat faoliyatini amalga oshirish istagida bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolariga qulay shart-sharoitlarni yaratish masalalari ham muhokama etildi.
Bundan tashqari, uchrashuv davomida, 2017 yilda ikki vazirlik o‘rtasida imzolangan anglashuv memorandumida belgilangan tadbirlarni jadallashtirish maqsadida Hamkorlik dasturi loyihasi muhokama qilindi.
Muzokara uchrashuv do‘stona va konstruktiv ruhda bo‘lib o‘tdi.
Mavzuga oid
11:28 / 08.04.2025
Korrupsiyaviy jinoyatlar Adliya vazirligi tizimida 22 foizga, hokimliklarda 43 foizga kamaydi – Antikorrupsiya agentligi
10:10 / 04.04.2025
Tasvirga olish uchun rozilik olish talabi OAV faoliyatiga qanday ta’sir qiladi? Adliya vazirligi izohi
09:33 / 04.04.2025
Janubiy Koreya prezidenti lavozimidan rasman chetlatildi
10:29 / 24.03.2025