Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonlik 200 nafar o‘qituvchi Fransiyaga stajirovkaga yuboriladi
O‘zbekistonlik 200 nafar o‘qituvchi Fransiyaga jo‘natilishi ma’lum bo‘ldi.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi bilan hamkorlikda fransuz tili o‘qituvchilarini Fransiyaning nufuzli oliygohlariga stajirovkaga yuborish yuzasidan yangi loyihaga start berildi. Ayni paytda butun respublika bo‘ylab ushbu loyihaning birinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Bunda barcha hududlardan fransuz tili ustozlari Ev@lang platformasi orqali Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazlarida test topshirishdi. Test natijalariga ko‘ra tanlab olingan o‘qituvchilar fransiyalik tajribali mutaxassislar tomonidan 30 soatlik oflayn shaklda hamda 15 soatlik onlayn shaklda malaka oshirish kurslarida o‘qitiladi.
Ushbu loyiha 4 bosqichda amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Yakuniy natijalarga ko‘ra, eng yuqori natijalarni qayd etgan fransuz tili ustozlari 2024 yilning yakuniga qadar Fransiyaning nufuzli oliygohlariga yuboriladi. Mazkur loyiha bo‘yicha joriy yilda 200 nafar ustozlarni qamrab olish rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
20:15 / 27.05.2025
Fransiyada kriptomillionerlarni o‘g‘irlash ishi bo‘yicha 20 dan ortiq shaxs hibsga olindi
14:00 / 27.05.2025
Parij Makronning xotinidan tarsaki yegani aks etgan kadrlarga izoh berdi
21:53 / 26.05.2025
Tramp Putinning yolg‘on gapirayotganini biladi – Makron
16:40 / 26.05.2025