O‘zbekiston | 15:00 / 14.05.2024
2782
3 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Bir yarim yil ichida magistratura: IT Park University’ning noyob dasturi

Foto: IT Park University

IT Park University magistratura bosqichi yetakchi xalqaro IT giganti EPAM va O‘zbekiston Raqamli texnologiyalar vazirligi qoshidagi IT Park bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan bo‘lib, u ta’limga innovatsion yondashuvni o‘zida aks ettiradi.

Ushbu dastur talabalarga IT sohasida muvaffaqiyatli martaba uchun zarur bo‘lgan chuqur akademik bilim va amaliy ko‘nikmalarni beradi.

Dastur haqida

Dastur onlayn formatda bo‘lib, 3 semestrlik ta’limdayoq dasturiy ta’minot muhandisligi magistri bo‘lish imkoniyatini beradi. Talabalar uchta mutaxassislik – Solution Architecture, Cloud va DevOps yoki Data Processing and AI – hamda yakuniy tadqiqot loyihasini tanlash bilan keng qamrovli ta’lim oladilar.

Biz ilg‘or texnika va innovatsiyalarni birlashtirib, onlayn format orqali maksimal ta’lim samaradorligini hamda digital platforma yordamida o‘quv resurslaridan foydalanishni ta’minlaymiz. Ingliz tilidagi ta’lim IT sohasida muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirishga yordam bersa, moslashuvchan individual jadval esa sizga o‘qish, ish va shaxsiy hayotni muvaffaqiyatli birlashtirishga imkon beradi.

Mutaxassisliklar

Talabalar IT Park University magistraturasida o‘qish davomida uchta yo‘nalishdan birini tanlashlari mumkin:

•   Solution Architecture arxitektura tamoyillarini chuqur tushunish imkonini beradi;

•  Cloud va DevOps rivojlanish jarayonlarini optimallashtirish bo‘yicha ko‘nikmalarni rivojlantiradi;

•  Data Processing and AI sizni ma’lumotlar va sun’iy intellekt bilan ishlashga tayyorlaydi.

Fanlararo yondashuv tufayli magistratura bitiruvchilari dasturiy ta’minotni ishlab chiqish, ma’lumotlarni tahlil qilish, veb-dasturlash va ma’lumotlar bazasini boshqarish kabi turli IT sohalarida ishlashga tayyorlanadilar.

IT Park University magistratura dasturining afzalliklari

Biz sizga shunchaki o‘qish emas, balki o‘quv jarayoni haqidagi tushunchangizni butunlay o‘zgartiradigan haqiqiy tajribani taklif qilamiz. Bizning o‘qitish uslublarimiz yetakchi mutaxassislar rahbarligidagi loyiha ishlari va amaliy holatlarga asoslangan bo‘lib, bu talabalarga olgan bilimlarini amalda qo‘llash va real muammolarni hal qilishni o‘rganish imkonini beradi.

2023-2024 o‘quv yili uchun qabul boshlandi. Agar siz bakalavr darajasiga ega bo‘lsangiz va keyingi martaba bosqichiga ko‘tarilmoqchi bo‘lsangiz, veb-saytimizga tashrif buyuring va o‘qishga ariza topshiring. Hujjatlar 9 sentabrgacha qabul qilinadi.

Sizni talabalarimiz safida ko‘rishdan bag‘oyat mamnun bo‘lamiz!

Bizning Telegram chat-bot. Bizning Instagram.

Mavzuga oid