Jamiyat | 07:35 / 15.05.2024
8308
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda IIBB ikki nafar shaxsni qidiruvga berdi

Toshkent shahar IIBB poytaxtda jinoyat sodir etgan ikki nafar shaxsni qidiruvga berdi.

Foto: IIBB

IIBB xabariga ko‘ra, Sarvar Rasulov 1980 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismida («Firibgarlik») nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib unga nisbatan qidiruv e’lon qilingan.

Oybek Azizov 1996 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-4-qismlarida («Firibgarlik») nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib unga nisbatan qidiruv e’lon qilingan.

“Hurmatli Toshkent shahri aholisi va mehmonlari! Agarda siz Rasulov Sarvar Shavkatjonovich hamda Azizov Oybek Alisher o‘g‘li haqida biror ma’lumotga ega bo‘lsangiz yoki ularga o‘xshash shaxsni ko‘rsangiz, 98-302-01-00, 98-124-22-26, 71-230-97-08 yoki 102 raqamlari orqali xabar berishingizni so‘raymiz. Amaliy yordamingiz uchun oldindan minnatdorlik bildiramiz! Maxfiylik kafolatlanadi”, deyiladi ma’lumotda.

Mavzuga oid